Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Ro’yxatdan o’tish

Markaz yangiliklari

RSS
17 fevral 2017 y.

“Yagona darcha”larda 18 ta davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi

“Elektron hukumat” markazida Vazirlik, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yuridik boshqarmasi vakillari va AKT mutaxassislari ishtirokida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, “yagona darcha” markazlarini samarali boshqarish va faoliyatini tashkil etish, shuningdek muvofiqlashtirishda tizimli yondashuvni hamda ularning boshqa davlat tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorligini belgilash yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.
15 fevral 2017 y.

Koreyalik maslahatchi Kim Nam Sok (Kim Nam Seok)ning “Elektron hukumat” markaziga tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari, AKT bo‘yicha maslahatchi  Kim Nam Sok (Kim Nam Seok) O’zbekistondagi o’z faoliyatini yakunlashi oldidan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markaziga tashrif buyurdi.
15 fevral 2017 y.

Rasulov Murod Mahmudjonovich “Elektron hukumat” markazining rahbar o’rinbosari etib tayinlandi

AKT joriy etish holatini tahlil qilish va baholash departamentining boshlig’i  Rasulov Murod Mahmudjonovich “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining rahbar o’rinbosari etib tayinlandi.
08 fevral 2017 y.

Yagona portalda murojaatlar soni milliondan oshdi

Joriy yilning 8 fevral kuni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kelib tushayotgan murojaatlar soni 1 milliondan oshdi.
07 fevral 2017 y.

Ledokol Group kompaniyasi bilan uchrashuv

Bugun 7 fevral kuni “Elektron hukumat” markazida Ledokol Group kompaniyasi rahbari Dilshod Muzaffarov bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
07 fevral 2017 y.

E’lon!

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishni strategik rejalashtirish va axborot texnologiyalarining konvergensiyasi bo‘limiga hamda tizimidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining Strategik rejalashtirish va prognozlash departamentiga mutaxassislarni ishga taklif etadi.
02 fevral 2017 y.

Fuqarolarni shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varag‘i holati haqida ma’lumot olish

Yagona portalda O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki fuqarolarni shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holati haqida ma’lumot olish yangi interaktiv davlat xizmati ishga tushirdi.
31 yanvar 2017 y.

Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etish

Tadbirkorlik sub’yektlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida, Yagona portalda “Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etish” yangi xizmat ishga tushirildi.
30 yanvar 2017 y.

YaIDXPda ko'rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlarining talabgorligini bilish uchun respondentlar so'rovi o'tkazilmoqda

Aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga davlat xizmatlari ko’rsatilish jarayonining takomillashtirilishini ta’minlash, elektron va interaktiv formatda davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarida AKTdan foydalanishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqish maqsadida YaIDXPda ko'rsatilayotgan interaktiv davlat xizmatlarining talabgorligini bilish uchun respondentlar so'rovi o'tkazilmoqda
25 yanvar 2017 y.

Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma

Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasining yuridik va jismoniy shaxslar uchun "Suvga quduqlarni burg'ulash uchun ruxsatnoma" interaktiv davlat xizmati ishga tushdi.
20 yanvar 2017 y.

AKT sohasidagi tadbirkorlik subyektlari vakillari diqqatiga!

АКТ sohasida qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, sohada faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkorlik va biznes subyektlari o’z faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni vaqtida aniqlash, byurokratik to‘siqlarning oldini olish yuzasidan taklif va fikr-mulohazalarini o’rganish maqsadida, AKT sohasidagi tadbirkorlarni hamkorlikka chorlaymiz.
19 yanvar 2017 y.

O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi loyihasi muhokama uchun taqdim etildi

Normativ-huquqiy aktlar muhokamasi portalida O'zbekiston Prezidentining «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi farmoni loyihasi e`lon qilindi.
YIDXP saytiga o’tish
1 022 695
Kelib tushgan arizalar
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech