Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Коллегиал семинар: хорижий тажриба ва маҳаллий ишланмалар

16 avgust 2018 y. - 16 avgust 2018 y.
2018 йилнинг 16 августида Алоқа тарихи музейида “Электрон ҳукумат” тизимини ривожлантириш маркази томонидан ташкиллаштириб келинаётган навбатдаги ҳафталик коллегиал семинар бўлиб ўтади. Тадбирда давлат ва хўжалик органларининг АКТ бўйича таркибий бўлинмалари мутахассислари иштирок этишади.
avg. 16

“MIT.UZ Open Data Challenge 2016” ishtirokchilari bilan uchrashuv

25 fevral 2017 y. - 25 fevral 2017 y.
“Elektron hukumat” markazida Hakaton “MIT.UZ Open Data Challenge 2016” ishtirokchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Markaz rahbariyati, BMTD loyihasining vakillari hamda Hakaton guruhlarining ishtirokchilari o‘zlarining tashabbuskor g’oyalari bilan ishtirok etishdi.
fev. 25

Sizni Hakatonga taklif etamiz!

28 avgust 2015 y. - 12 sentyabr 2015 y.
Agar Siz dasturchi, grafik disayner, analitik, jurnalilst, jamoatchi faol yoki menejer bo’lsangiz Sizni Hakatonga taklif etamiz!
data.gov.uz/uz/hackathon/register sahifasida ro’yxatdan o’ting
avg. 28

"Elektron hukumat arxitekturasi hamda uning tuzilishini ta’minlovchi loyihalar" mavzusida davra suhbati

02 aprel 2015 y. - 02 aprel 2015 y.
Savdo-sanoat palatasida Elektron hukumat arxitekturasi, uni tashkil etishning muhim asoslari, davlat xizmatlarini elektron shaklga o’tkazish, ma’lumotlar bazasini yaratish hamda davlat tashkilotlari o’rtasidagi hujjat almashinuvini  elektron shaklga o’tkazish yuzasidan davra suhbati bo’lib o’tdi.
apr. 02

Avtomatlashtirilgan axborot tizimining takomillashtirilgan shaklida ishlash ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan seminar

27 fevral 2015 y. - 27 fevral 2015 y.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi 355-son qarorida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishg maqsadida, idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishning holati to‘g‘risidagi axborotlarni qabul qilish, ishlov berish va saqlash bo‘yicha takomillashtirish yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda. 
fev. 27

Bank sohasida interaktiv xizmatlarni joriy etish masalalarining muhokamasi

26 fevral 2015 y. - 26 fevral 2015 y.
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda O’zbekiston bank assosiatsiyasi bilan hamkorlikda  Toshkent moliya institutida "Bank tizimida elektron to’lovlar va interaktiv xizmatlarii rivojlantirishning dolzarb masalalari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
fev. 26

O‘zbekistonda e-hukumat rivoji muhokama qilindi

19 fevral 2015 y. - 19 fevral 2015 y.
2015 yilning 19 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda davlat organlari veb-saytlarini takomillashtirish, xususan saytlarda davlat organlari faoliyatiga oid “ochiq ma’lumotlar”ni e’lon qilib borish masalalari yuzasidan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 
fev. 19

Yagona portal yordamida qonunchilik hujjatlari loyihalarini baholash tizimini joriy qilishga oid seminar

28 yanvar 2015 y. - 28 yanvar 2015 y.
2015 yilning 28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Aloqa tarixi muzeyida Yagona portal orqali qonunchilik hujjatlari loyihalarini baholash tizimini joriy qilishga oid seminar bo‘lib o‘tdi. O‘quv-seminarida 60 dan ziyod davlat organlari mutaxassislari ishtirok etdilar.
yan. 28

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Koreya Respublikasining Axborotlashgan jamiyat masalalari bo’yicha milliy agentligi hamkorligidagi seminar

15 yanvar 2015 y. - 15 yanvar 2015 y.
Poytaxtimizda “Janubiy Koreya tajribasida axborotlashtirishga oid loyihalarni baholash metodikasi va dasturi” mavzuida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Koreya Respublikasining Axborotlashgan jamiyat masalalari bo’yicha milliy agentligi hamkorligida seminar-trening tashkil etildi.
yan. 15

«Telekommunikasiya va personalni rivojlantirish Markazi»da video konferensiya

26 dekabr 2014 y. - 26 dekabr 2014 y.
«Uzbektelekom» Aksiyadorlik kompaniyasining «Telekommunikasiya va personalni rivojlantirish Markazi»da «Ochiq ma’lumotlarni rivojlantirish va veb-saytlarda ma’lumotlarning ochiq tarqatilishi bo’yicha koreya-o’zbek tajribasi» mavzusiga bag’ishlangan videokonferensiya bo’lib o’tdi.
dek. 26
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech