Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 aprel 2017 y.    16:48

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasida 2017 yil 13 aprel kuni davlat boshqaruv organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda davlat boshqaruv organlarining AKT joriy etish va rivojlantirish uchun mas’ul bo‘linmalarining rahbarlaridan tashqari, Qo‘mitaning tizim tashkilotlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar. Shu haftadan boshlab, seminarlar ochiq ko‘rinishda o‘tkazila boshlandi va unda barcha qiziquvchilar ishtirok etishi mumkin.

Seminarda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Kamoliddin Axmedovning “Qo‘mitada axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va tatbiq etish strategiyasi” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, tadbirda davlat boshqaruvi organlarida AKT joriy qilish va rivojlantirish holati, ochiq ma’lumotlar, “Litsenziya” ATK hamda davlat xizmatlari, shakl va blankalar Yagona reyestri yuzasidan “Elektron hukumat” markazining bo‘lim boshlig‘i Amirjon Nosirov tomonidan batafsil taqdimot orqali ma’lumot berildi. Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda tashkilotlar tomonidan bir qator taklif va tavsiyalar bildirildi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech