Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 yanvar 2018 y.    14:10

24 yanvar kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida Butunjahon banki maxsus guruh vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrifning asosiy maqsadi O‘zbekistonda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish” joriy texnik yordam loyihasi doirasida elektron davlat xizmatlari bo‘yicha islohotlarni qo‘llab-quvvatlashdir.

Uchrashuvda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish va «UZINFOCOM» markazlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi vakillari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga elektron hukumat tizimini joriy etish va rivojlantirish holati, shuningdek “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Dalvat dasturi” haqida batafsil ma’lumot berildi. Bundan tashqari, mehmonlar O‘zbekistonda demokratiyaning yuqori nuqtasi bo‘lishi ko‘zda tutilgan “Mening fikrim” yangi portali tashkil etilishi yuzasidan xabardor qilindi. 

Uchrashuv davomida tomonlar elektron davlat xaridlarini amalga oshirish uchun O‘zbekistondagi mavjud infratuzilmalar bo‘yicha masalalarni muhokama etishdi. Xususan, delegatsiya vakillarining elektron davlat xaridlari loyihasini amalga oshirish bo‘yicha barcha savollariga tegishli javoblar berildi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar elektron davlat xaridlari loyihasi konsepsiyasi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi tomonidan ishlab chiqilishiga kelishildi hamda loyihani amalga oshirishda texnik masalalar «UZINFOCOM» markaziga yuklatildi. O‘z navbatida, “Elektron hukumat” markazi elektron davlat xaridlari loyihasini amalga oshirish jarayonida maslahat yordamini taqdim etadi.


Axborot markazi


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech