Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 aprel 2017 y.    15:19

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida 2017 yil 18 aprelda xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” o‘tkazildi.

photo_2017-04-20_15-22-24.jpg

Mazkur seminarda xo‘jalik boshqaruv organlari AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlarining vakillari ishtirok etdilar. Seminarda "O‘zpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasi Axborot texnologiyalari bo‘limi boshlig‘i Farid Zagrutdinovning “Kompaniyada AKTni joriy etish va rivojlantirish” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, tadbirda "O‘zpaxtasanoateksport" xolding kompaniyasida "Elektron hukumat" tizimi mexanizmlarini joriy etish va rivojlantirish holati yuzasidan markaz mutaxassisi M.Rixsiboyev tomonidan batafsil ma’lumot berildi.

Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan qizg‘in muzokaralar o‘tkazilib, muzokaralarda seminar ishtirokchilari qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech