Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
07 iyun 2018 y.    14:34

Joriy yilning  7 iyun kuni Aloqa tarixi muzeyida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tоmonidan o'tkazib kelinadigan va an'anaga aylangan haftalik kollegial seminarlarning 2018 yildagi ilk tadbiri boʻlib oʻtdi.

Mazkur seminarda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori o'rinbosari F.Aripjanov, “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direktori o’rinbosari B.Ayupov, “UNICON-SOFT” MChJ direktori Sh.Kayumov va mazkur tashkilot mutaxassislari, 100 dan ortiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining AKT bo‘yicha ixtisoslashgan tarkibiy boʻlinmalari rahbar va mutaxassislari hamda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hodimlari ishtirok etdilar.

Seminarda “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direktori oʻrinbosari Bahodir Ayupov tomonidan “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi, uning imkoniyatlari, milliy AKT segmenti ishtirokchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va istiqboldagi rejalar boʻyicha ma’ruza qilindi. Shuningdek, Innovatsiya markazi respublikada AKT uchun xalqaro standartlarga muvofiq dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sifatli va raqobatdosh dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirish, AKT mahsulotlari eksportini oshirish hamda mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan berilgan ma’lumotlar seminar ishtirokchilarida katta qiziqish uyg’otdi.

Seminar davomida shuningdek, “UNICON-SOFT” MChJ mutaxassislari tomonidan “Ijro.gov.uz” - ijro intizomini nazorat qiluvchi yagona tizim amaliyotga joriy etilganligi va uni toʻliq ishga tushirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilayotganligi haqida axborot berildi. Seminar so’ngida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining AKT bo'yicha ixtisoslashgan tarkibiy bo‘linmalarining o‘zaro hamkorligini ta’minlash, tajriba almashish, mavjud muammolarning samarali yechimlarini birgalikda izlab topish, o‘qitish va faoliyat holatini monitoring qilish maqsadida bu kabi seminarlar “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan yil davomida muntazam ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Axborot markazi


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech