Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 aprel 2017 y.    18:02

Joriy yilning 13 aprel kuni hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining hududiy boshqarmalari va Kompyuterlashtirish markazlarining vazifalari, ularning o‘zaro hamkorlikda ishlash mexanizmlarini ko‘rib chiqish, shuningdek “Kompyuterlashtirish markazi” davlat unitar korxonalarining faoliyatini qayta tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Videoselektor yig‘ilishida Vazirlikning hududlarda AKT joriy etish bo‘limi boshlig‘i R.Nabiyev, hududlarni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Sh.Meliboyev, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi direktori Sh.Habibullayev, direktor o‘rinbosari Sh.Qayumov hamda markazning tegishli bo‘lim boshliqlari hamda joylarda Vazirlikning hududiy boshqarmalari boshliqlari va Kompyuterlashtirish markazlarining rahbarlari ishtirok etishdi.

Ushbu tashkil etilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarda soha oldiga qo‘yilgan vazifalarni ijrosini sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashda Vazirlikning hududiy boshqarmalari mas’uliyatini yanada oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari huzuridagi Kompyuterlashtirish markazlari faoliyatini tubdan yaxshilash, elektron hukumat sohasida yaratilgan axborot tizimlarini hududlarda joriy etish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb saytlarini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish, shuningdek 2017 yilda hududlarda AKT joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan hududiy manzilli dasturlarga kiritilgan loyihalarning bajarilishi muhokama etilib, tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech