Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
25 avgust 2017 y.    18:54

25 avgustda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida mahalliy hokimliklarning AKT joriy etish bo‘yicha reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash, 2018 yil uchun hududiy manzilli dasturlarni shakllantirish hamda Kompyuterlashtirish markazlari faoliyatini tubdan isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan “Work shop” bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni “Elektron hukumat” markazi direktori vazifasini v.v.b. Murod Rasulov ochib, mahalliy davlat hokimliklarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar hamda “elektron hukumat” tizimlarini keng joriy etish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohatlar va uchrayotgan to‘sqinliklar yuzasidan yig‘ilganlar bilan fikr almashdi.
Shuningdek, “Work shop” doirasida hududlarda AKT yo‘nalishida 2017 yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, muammolar va yechimlar, “Kompyuterlashtirish markazi” DUKlarni tubdan isloh etish bo‘yicha takliflar, “Ochiq ma’lumotlar”ni shakllantirish va joriy etish, “Litsenziya” ATK ni hududlar doirasida faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur yig‘ilishda joylardagi hokimlik huzuridagi “Kompyuterlashtirish markazi” rahbarlari, mutaxassislari hamda “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining mutaxassislari ishtirok etishdi.

Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech