Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 avgust 2017 y.    17:35
2017-yilning 30-avgustida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida NIPA ning bosh maslahatchisi An Xi Chul va maslahatchi Li Jong Yongomlar bilan uchrashuv o'tkazilib, milliy identifikatsiya tizimini amaliy jihatdan tatbiq etish hamda “ID-kart” tizimini O‘zbekiston fuqarolariga berish va foydalanishlarini ta’minlash yuzasidan masalalar muhokama etildi. 
IMG_5613.JPG
Koreya delegatsiyasining tashrifi O‘zbekiston Respublikasida shaxsni tasdiqlovchi milliy karta (ID-karta)ni birgalikda tatbiq etish masalalarini muhokama etish uchun tashkillashtirilgan bo‘lib, uning tashabbuskorlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hisoblanadi. 
IMG_5607.JPG
Uchrashuv davomida joriy vaqtdagi AKT infratuzilmasi keng muhokama etildi. Xususan, fuqarolik aktlarini ro‘yxatga olish va milliy identifikatsiya axborot tizimi masalalariga jiddiy e’tibor qaratildi.

Matbuot xizmati

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech