Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
06 aprel 2017 y.    15:27

6 aprel kuni Toshkent shahrida tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalashda interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi va ruxsat beruvchi jarayonlar avtomatlashtirilgan «Litsenziya» axborot tizimlari kompleksining yo‘lga qo‘yilishi munosabati bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

IMG_1841.JPG

«Litsenziya» axborot tizimlari kompleksi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar asosida ishlab chiqilgan.

Loyiha doirasida Elektron litsenziyalash portali yaratilib, Internet tarmog‘idagi license.gov.uz manzilida ishga tushirilgan. Hozirgi kunda mazkur portal orqali 40 ta faoliyat turi bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar olish uchun elektron shaklda ariza topshirish, arizani ko‘rib chiqish holatlarini kuzatib borish, litsenziyalash va ruxsatnomalar berish jarayonlarini avtomatlashtirilgan holda amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan.

2016 yilning dekabr oyidan sinov rejimida ishga tushirilgan mazkur “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksiga 46 ta davlat organlari va ularning tarkibiy tashkilotlari hamda barcha mahalliy davlat hokimiyat organlari ulangan bo‘lib, qisqa davr ichida u orqali bugungi kungacha 600 ga yaqin ziyod arizalar qayta ishlangan va 41 mingdan ziyod litsenziyalar va ruxsatnomalar reyestri kiritilgan.

Jumladan, ayni paytda tadbirkorlarga transport, arxitektura va qurilish, birja, ko‘chmas mulk, savdo, tibbiyot, dorixona, ta’lim, madaniyat, sport, turizm va reklama kabi yo‘nalishlarda faoliyat olib borishlari uchun litsenziyalar elektron usulda taqdim etilmoqda.

IMG_1905.JPG

“Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi 2017 yil davomida barcha ruxsatnomalar beruvchi davlat idoralarida bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Natijada, 2018 yilning 1 yanvaridan ruxsatnomalar berish jarayonlari avtomatlashtirilib, litsenziya olish uchun zarur ruxsat beruvchi hujjatlar elektron tizim orqali olinadi.

Matbuot anjumanida qayd etilganidek, “Litsenziya” axborot tizimlari kompleksi litsenziya va ruxsat berish jarayonlarini avtomatlashtirish orqali litsenziyalovchi organ va tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik samaradorligini oshirib, faoliyat turlarini litsenziyalash bo‘yicha ma’lumotlarning, shu jumladan litsenziyalar reyestriga kiritilgan ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlaydi, mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini faol rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech