Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 aprel 2017 y.    11:00

Muhtaram do‘stlar!

Taraqqiyot bir joyda turmaydi, shu bois ham biz davlat xizmatlarini avtomatlashtirish orqali texnologiyalar yordamida samaradorlikni oshirishga intilmoqdamiz.

IMG_2057.JPG

“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi biznes jarayonlarini to‘liq takomillashtirish borasida faoliyatni yo‘lga qo‘ymoqda. Endi markazdagi barcha faoliyat BPMS avtomatlashtirilgan innovatsion dasturi orqali amalga oshiriladi. Dasturni amalga oshirish hujjat almashtirishni avtomatlashtirishga va menejmentni tashkillashtirishga yo‘naltirilgan. Soft-mahsulot Latviyaning Simourg kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

IMG_2071.JPG

Bizning xodimlar ayni paytda ushbu dastur yuzasidan o‘z malakalarini oshirmoqdalar. Yangiliklarimizni doimo kuzatib boring, shunda siz yangi dastur orqali erishgan samaradorlik natijadarimizdan xabardor bo‘lasiz!

 

Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech