Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 aprel 2017 y.    14:55

“Elektron hukumat” markazida 2017 yil 11 aprel kuni xo‘jalik boshqaruvi organlari vakillari uchun navbatdagi “Haftalik kollegial seminar” o‘tkazildi.

Mazkur seminarda xo‘jalik boshqaruv organlari AKT bo‘yicha mas’ul bo‘limlarining vakillari ishtirok etdilar. Seminarda ATB "Asaka" bankining axborot resurslari va interaktiv xizmatlarini rivojlantirish sektori boshlig‘i S. Saidovning AKT joriy etish va rivojlantirish “AKT joriy etish muammolari va istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzalari tinglandi.

Shuningdek, tadbirda Xo‘jalik boshqaruvi organlarida AKT joriy qilish va rivojlantirish holati yuzasidan “Elektron hukumat” markazining mutaxassisi S.Maksudova tomonidan batafsil taqdimot orqali ma’lumot berildi. Haftalik kollegial seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan bo‘lib o‘tgan muzokaralardatashkilotlardan bir qator taklif va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech