Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 may 2018 y.    17:01

2018 yilning 15-17 may kunlari Janubiy Koreya Respublikasi Axborot texnologiyalarini rivojlantirish milliy agentligi (NIPA) tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari universitetida "Ochiq dasturiy ta'minot texnologiyasi" bo‘yicha seminarlar tashkil etildi.

Seminar doirasida 16 may kuni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida “Koreyaning Ochiq dasturiy ta'minotni rivojlantirish siyosati” haqida taqdimot o‘tkazildi. Taqdimotni Koreya Axborot texnologiyalarini rivojlantirish milliy agentligi department boshlig’i Kim Jin Gi namoyish etdi.

Tadbir davomida Koreyadagi ochiq dasturiy ta'minotlar, ularni rivojlantirish texnologiyalari va siyosati haqida Markaz hodimlariga ma’lumotlar berib o‘tildi.

Taqdimot yakunida seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblar olishdi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech