Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
03 aprel 2017 y.    18:56

2017 yilning 3 aprel kuni «Elektron hukumat» markazida Osiyo Taraqqiyoti banki (OTB) doimiy vakolatxonasining bosh iqtisodchisi janob Asadulla Xan Sumbal ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chogʻida O‘zbekiston hamda Osiyo Taraqqiyoti bankining jamoatchilik bilan ishlash aloqalari (PR) sohasiga doir hamkorligini yanada rivojlantirish borasidagi takliflari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar «Elektron hukumat» tizimini qurish borasida jamoatchilik bilan ishlash jarayonida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yana faollashtirishga qaratilgan muayyan choralarni ko‘rishga tayyorligini tasdiqladi

Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech