Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 may 2018 y.    15:40

2018 yilning 14 may kuni Toshkent davlat Yuridik universitetida “Davlat boshqaruvida axborot texnologiyalarini qo‘llash va axborot xavfsizligini ta’minlash muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohalarida mavjud muammolar keng muhokama etildi. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotni, elektron hukumat hamda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar tahlili keltirildi va ko’rsatilgan muammolarga yechimlar taklif etildi.

Shuningdek, tadbirda “Elektron hukumat” markazi departament boshlig’i D.Fayzullayev so‘zga chiqib, “O‘zbekiston Respublikasida “Elektron hukumat”ni tashkil etish va rivojlantirishdagi roli” mavzusidagi taqdimotini namoyish etdi.

Anjuman yakuni bo‘yicha ishtirokchilarning takliflari jamlanib, yakuniy hujjat – konferensiya rezolyutsiyasi qabul qilindi.

Ma’lumot ornida – 2018 yildan boshlab Toshkent davlat Yuridik universitetida Huquq va axborot texnologiyalari nomli yangi magistratura mutaxassisligi ta’sis etildi.


Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech