Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
01 fevral 2018 y.    17:50
2018 yilning 22-26 yanvar kunlari Singapurda “Elektron hukumat tarkibidagi yetakchilik” mavzusida o‘quv dasturi bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘quv dasturi Singapur hamkorlik dasturi hamda Singapurning elektron hukumat sohasidagi yetakchilik markazi tomonidan tashkillashtirilgan. Ushbu o‘quv dasturida “Elektron hukumat” markazi departament boshlig‘i Rustamxo‘ja Ishanov o‘z bilim va malakasini xorijiy davlatlar tajribasi asosida oshirib qaytdi. 
IMG_2192.JPG
Jumladan, o‘quv dasturi tinglovchilari uchun “Raqamli iqtisodiyot”, “Tabiat ichra shahar”, “Strategiya va rejalashtirish”, “Kiber xavfsizlikni ko‘rib chiqish” va “Aqlli transport” mavzularida ma’ruza va va taqdimotlar namoyish etildi. 
IMG_2686.JPG
1 fevral kuni ushbu o‘quv dasturida olingan bilim va ko‘nikmalarini R.Ishanov Markaz xodimlari bilan o‘rtoqlashish maqsadida seminar-trening tashkillashtirildi. Seminarda xodimlar Singapurning elektron hukumat sohasida erishgan yutuqlari, ilg‘or texnologiyalari va yirik loyihalari haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar. 
IMG_2785.JPG
Shuningdek, 28 ta davlatdan tashrif buyurgan tinglovchilarning o‘z davlatlaridagi tajribalari haqida ham fikr almashildi.


Axborot xizmati

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech