Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
04 sentyabr 2017 y.    17:08
89f490fe-eaf9-4693-95e8-e9bf5468c535.jpg

“Elektron hukumat” markazida salohiyatli, ilmga intiluvchan yoshlar faoliyat olib borishadi. Markazda yoshlarining o‘z ustida ishlashlari, imkoniyatlarini ochish uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi sabab Markaz xodimlarining ijodiy potensiali tobora ortmoqda. "Elektron hukumat" tizimining Markazlashgan ma’lumotlar bazalarini rivojlantirish bo‘limining mutaxassisi Sayyora Mirzayeva mana shunday kelajagi porloq yoshlardan hisoblanadi.
 M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Toshkent shahri filialining Amaliy matematika va informatika fakultetini ushbu yil tugatgan Sayyora Mirzayeva Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistratura bosqichining Kompyuter injiniringi yo‘nalishiga grant asosida qabul qilindi. Uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi, magistrlik dissertatsiyasini AKT yordamida nutq hamda tasvirlarni aniqlash yo‘nalishida ilmiy tadqiqot ishi olib borib, yoqlashdir.

Matbuot xizmati

 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech