Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 aprel 2017 y.    19:53

2017 yil 14 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Davlat boshqaruvida AKTdan foydalanishda xorijiy tajribalarning o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

Ilmiy-amaliy anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, INHA universiteti hamda BMTDning mutaxassislari ishtirok etishib, O‘zbekistonda elektron davlat xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari, elektron hukumat tizimini rivojlantirishda ochiq ma’lumotlarning ahamiyati, “Bir darcha” markazlari faoliyatida AKTni tatbiq etishda biznes jarayonlarini takomillashtirishning ahamiyati kabi masalalar muhokama qilindi.

Anjumanda “Elektron hukumat” markazining koreyalik eksperti Cho Chol Su qatnashib, “Janubiy Koreya hukumati loyihalarini baholashning joriy holati” mavzusidagi ma’ruza bilan ishtirok etdi.

 

Axborot xizmati


 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech