Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2016-yil yakunlari bo‘yicha hisobot:

Vazirlik va idoralarda qonun talablarini taxliliga oid tadbirlar, shuningdek, elektron shaklda ko‘rsatib kelinayotgan xizmatlar tartiblari, ularni bosqichlarini kuzatib borish imkonini beruvchi optimallashtirish redjalari xaqidagi ma’lumotlar davlat va ho‘jalik boshqaruv organlarining rasmiy-veb saytlarida yoritildi.

Qonun talablariga muvofiq ayni vaqtda barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining davlat tilidagi veb-saytlari mavjud bo‘lib, shundan 54%dan ortig‘i (110 ta veb-saytdan 60 tasi) ingliz tilidagi shaklga ega. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining 110 ta veb-saytlaridan 102 tasi (93%) foydalanishda qulaylik yaratish va zamonaviy texnologik talablarni inobatga olgan holda, veb-saytning mobil shaklini joriy etgan. Shuningdek, 110 ta davlat organlarining veb-saytidan 95 tasida (86%) ro‘yxatga olishni yangilab borish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu foydalanuvchilarga tegishli davlat organlaridan dolzarb ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish imkoniyatini bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 maydagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 120-son qarori ijro holati –O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 maydagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatish hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning idoralararo axborot hamkorligi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 120-son qarorining 4-bandida davlat va xo‘jalik boshqaruv organlariga ular tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlarini xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari tomonidan o‘tkazilgan davlat xizmatlari xatlovlarining yakuniy natijalarini solishtiruv ishchi yig‘ilishlari o‘tkazildi. Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarida o‘tkazilgan xatlovlar natijalarini solishtiruv natijalariga ko‘ra, 2016 yil 28 dekabr holatiga 78 davlat xizmati ko‘rsatuvchi davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari davlat jami 600 ta xizmat xatlovdan o‘tkazilib, “Elektron hukumat” markaziga taqdim etilgan. Mazkur xizmatlar Davlat xizmatlari shakl va blanklari Yagona reestriga joylashtirilgan. Jumladan, jami 58 ta litsenziyaning 57 tasi (98%) va 198 ta ruxsat etuvchi hujjatlarning 180 tasi (90%) Yagona reestrga kiritildi. 18 ta ruxsat etuvchi hujjatlarga oid ma’lumotlarni Yagona reestrga kiritish jarayoni davom etmoqda.

O‘zR VMning 2015 yil 24 aprel “Joriy yilning I choragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalari amalga oshirilishini baholash to‘g‘risida”gi 2-sonli bayonining 17-bandi bilan “... bir oy muddatda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish doirasidagi tadbirlarni amalga oshirish muddatlarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq ruxsat berish tartibotlari va xizmatlarni joriy yil oxirigacha interaktiv elektron shaklga o‘tkazishni tugallash, ... “Tadbirkorlik” axborot tizimlari majmuasini joriy etish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini tasdiqlash” vazifasi qo‘yilgan.

Shunga muvofiq, O‘zR Prezidentining 2014 yil 15 aprel “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq tartibotlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2164-sonli qarorida ko‘rsatilgan 23 ta interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish ko‘zda tutilgan.

Ushbu xizmatlar YaIDXPda jadvalga muvofiq joriy etilgan.

T.r

“Tadbirkorlik” axborot tizimlari kompleksi doirasida joriy etilgan

xizmatlar ro‘yxati

1.

Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini davlat soliq xizmati organlaridan royxatdan otkazish uchun elektron ariza taqdim etish

https://my.gov.uz/uz/service/312

2.

Tadbirkorlar huquqlari buzilishi boyicha shikoyatlar qabul qilish

https://my.gov.uz/uz/service/291

3.

Yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkor yoki dehqon xojaligini tashkil etish uchun onlayn tarzda ariza yuborish; Yuridik shaxs tashkil etgan holda tadbirkorlik subyektlarini royxatga olish uchun onlayn tarzda ariza yuborish (MChJ); Tadbirkorlik subyektlarini royxatga olish bilan bogliq xizmatlar

https://my.gov.uz/uz/service/213,

https://my.gov.uz/uz/service/214,

https://my.gov.uz/uz/service/215

4.

Suv taminoti va oqova suvni chiqarish tizimlariga ulanish uchun texnik shartlar (TSh) olishga elektron ariza yuborish; Tadbirkorlik subyektlari gaz taminoti tarmoqlariga ulanishi uchun texnik shartlar olishga ariza yuborish; Istemolchilar elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulanishi uchun texnik shartlar (TSh) olishga elektron ariza yuborish

https://my.gov.uz/uz/service/341,

https://my.gov.uz/uz/service/314,

https://my.gov.uz/uz/service/340

5.

Kommunal xizmatlarini yetkazib berishdagi muammolar yuzasidan tadbirkorlik subyektlarining elektron shikoyatlari

https://my.gov.uz/uz/service/293

6.

Tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlari uchunSamarqand Avtomobil ZavodiMChJ tijorat transporti vositalarini xarid qilish uchun buyurtma yuborish; Tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlari uchunJV MAN Auto-UzbekistanQK MChJ tijorat transporti vositalarini xarid qilish uchun buyurtma yuborish; Tadbirkorlik subyektlari ehtiyojlari uchunGM-UzbekistanAJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtotransport vositalarini xarid qilish uchun buyurtma yuborish

https://my.gov.uz/uz/service/316,

https://my.gov.uz/uz/service/317,

https://my.gov.uz/uz/service/319

7.

Tadbirkorlik subyektlari qaytadan tashkil etilishi haqida malumotlarini elon qilish

https://my.gov.uz/uz/service/336

8.

Davlat, tarmoq va bank sohalarida elektron ravishda korsatilmaydigan xizmatlar sifatini baholash boyicha imkoniyat yaratish

Bunday imkoniyat YaIDXPda foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga joriy etilgan bo‘lib, xizmat sifatini 5 balli shkala bo‘yicha baholash mumkin

9.

Kochmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar) huquqni davlat royxatidan otkazish uchun arizalarni rasmiylashtirish

https://my.gov.uz/uz/service/294

10.

Qurilish uchun ruxsatnoma sorab elektron ariza yuborish; Aholi punktlarida qurilishni tashkil etish uchun yer maydonlarini taqdim etishga elektron ariza yuborish

https://my.gov.uz/uz/service/413,

https://my.gov.uz/uz/service/395

11.

OzR Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlab chiqariladigan va olib kiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun elektron ariza taqdim etish; Muvofiqlik sertifikatini tan olish uchun elektron ariza taqdim etish; Mahsulotning muvofiqligi togrisidagi xabarnomani royxatdan otkazish uchun elektron ariza taqdim etish

https://my.gov.uz/uz/service/448,

https://my.gov.uz/uz/service/451,

https://my.gov.uz/uz/service/452

12.

Shtrixli kodlarning original-maketini tayyorlash uchun ariza yuborish

https://my.gov.uz/uz/service/310

13.

O‘lchov vositalarining davlat metrologik tekshiruvini o‘tkazishga ariza berish

https://my.gov.uz/uz/service/295

14.

Standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun ariza taqdim etish

https://my.gov.uz/uz/service/444

15.

Standart namunalarni attestatlash va o‘lchash vositalari Davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun elektron ariza taqdim etish

https://my.gov.uz/uz/service/463

16.

O‘lchashlarni bajarish uslubiyatini attestatlash va uni Davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun elektron ariza taqdim etish

https://my.gov.uz/uz/service/459

17.

Yuridik shaxslar tomonidan mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlash sohasida akkreditatsiyadan otkazishga ariza taqdim etish

https://my.gov.uz/uz/service/315

18.

Yuridik shaxslar tomonidan sifatni boshqarish tizimlarini sertifikatlash sohasida akkreditatsiyadan otkazishga ariza taqdim etish

https://my.gov.uz/uz/service/315

19.

Tibbiy faoliyatni amalga oshirish boyicha litsenziya (litsenziya bitimi) olish (qayta rasmiylashtirish, uzaytirish) uchun elektron ariza taqdim etish

https://my.gov.uz/uz/service/306

20.

Yuklarni chetdan olib kelish (chetga olib chiqish) boyicha vaqtinchalik ruxsatnoma olish uchun elektron ariza yuborish

https://my.gov.uz/uz/service/402

21.

Reeksportga moljallangan yuklarni joylashtirish boyicha Bojxona ruxsatnomasini olish uchun elektron ariza yuborish

https://my.gov.uz/uz/service/403

22.

Quvvati 10 kVtdan ortiq istemolchi obektlarining energiya taminoti loyihalarini kelishish uchun elektron ariza taqdim etish

https://my.gov.uz/uz/service/474

23.

Yangi yoki rekonstruktsiyalangan elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ruxsatnomalar olish uchun elektron ariza taqdim etish

https://my.gov.uz/uz/service/458



pdf.png2016-yil yakunlari bo‘yicha hisobot,307kb

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech