Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A


Markazning 2014-2018 yillardagi xalqaro hamkorlik natijalari

 

 «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazining Xalqaro hamkorlik bo'limi 2014 - 2018 yillar davomida xalqaro faoliyat bo'yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirish, xorijiy tashkilotlar va muassasalar bilan hamkorlik qilishda rejalar va bitimlar tuzish, shuningdek "Elektron Hukumat" tizimini rivojlantirish doirasida zamonaviy axborot texnologiyalarini va bilimlarni joriy etishda ilg'or xalqaro tajribani o'rganish qabul qilindi. Jumladan, 2014 - 2016 yillarda xorijiy hamkorlar bilan bir qator uchrashuvlar, jumladan: 2014 yilda 17 ta, 2015 yilda – 37 ta, 2016 yilda – 33 ta, 2017 yilda - 23 ta va joriy yilning boshidan buyon – 16 ta uchrashuv o'tkazildi.

 

Markaz xodimlari malakasini oshirish doirasida e-hukumat elementlarini (axborot tizimlari, platformalar, qonunchilik bazasi, va boshqalar) rivojlantirishda xorijiy tajribani o'rganish bo’yicha xalqaro seminarlar va konferentsiyalarda ishtirok etishdi, shuningdek qisqa muddatli o'quv kurslarida malaka oshirishdi. Jumladan, Markaz xodimlari 2014 yilda 14 ta, 2015 yilda – 18 ta, 2016 yilda – 18 ta, 2017 yilda – 23 ta,  joriy yilning boshidan buyon – 7 ta tadbirda qatnashishdi.

 

Amaliyot shuni ko'rsatadiki, Markaz xodimlari xizmat safariga ko'proq Koreya Respublikasiga (52%) borishadi, bu Markazning Janubiy Koreya bilan elektron hukumat sohasida yaqin hamkorligini ko'rsatadi.

 davlatlar.jpg

Elektron hukumat sohasida tajriba va bilimlarni chuqur o'rganish hamda ularni qo'llash maqsadida bir nechta xorijiy maslahatchilar jalb qilingan. Xususan, 2014 yilda LG CNS koreya kompaniyasi va Koreya Milliy axborot jamiyati agentligidan (NIA) 2 nafar, 2015 yilda 4 nafar (NIA, NIPA, KOICA), 2016 yilda esa 3 nafar maslahatchilar (NIPA, KOICA), 2018 yilda NIPAning 1 nafar ekspert maslahatchisi jalb qilindi.

2014 yildan boshlab, doimiy ravishda xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlat tuzilmalari va xorijiy kapitalni jalb qilish bo'yicha fondlar hamda O'zbekiston Respublikasida elektron hukumat loyihalarini amalga oshirishda texnik yordam ko'rsatishda hamkorlikni yo'lga qo'yish va mustahkamlash bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Amalga oshirilgan tadbirlar ichida quyidagilarni ta'kidlash mumkin:

1. AKT sohasida O'zbekiston-Koreya hamkorlgidagi qo'shma loyihalar.

Loyiha №1: «O'zbekistonda biznes jarayonlarni boshqarish (Business Reference Model) tizimini joriy etish bo’yicha imkoniyatlarini o’rganish» (2014). Tadbirdan asosiy maqsad - "On-nara" tizimi misolida Koreya Respublikasida ish yuritish tajribasini hisobga olgan holda O'zbekistonda ma'muriy boshqaruv tizimini joriy etish imkoniyatlarini o'rganishdir.

Loyiha №2: “Axborot texnologiyalari arxitekturasi va "Elektron hukumat" tizimini platformalari bo'yicha ishlab chiquvchilarni o’qitishni tashkillashtirish” (2014). Tadbirdan asosiy maqsad - AKT sohasida mutaxassislar malakasini oshirish uchun O’zbekiston va Koreya Respublikalarida Elektron hukumat (eGovFrame) tizimini koreya platformasi ishlab chiquvchilar tajribasini o’rganish maqsadida treninglar o'tkazish.

Loyiha №3: “«Elektron hukumat» loyihalarining natijalarini baholash rejasini ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar o'tkazish” (2014). Tadbirning asosiy maqsadi - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1989 asosan "Elektron hukumat" tizimi doirasida amalga oshirilgan 28 ta loyiha va tadbirlar samaradorligini baholashda ko'rsatkichlar tizimini ishlab chiqishdan iborat.

Loyiha №4: "O'zbekistondagi tuzilmalar va foydalanuvchilar haqida  axborotlarini boshqarish hukumat tizimini joriy etish imkoniyatlarini o'rganish" (2014). Tadbirning asosiy maqsadi - O'zbekiston davlar idoralari o'rtasida samarali axborot almashish uchun O'zbekistonda hukumat tuzilmalari va davlat xizmatchilari haqida axborot boshqaruv yagona tizimini yaratish imkoniyatlarini o'rganishdir.

Loyiha №5: "O'zbekiston ma'muriy organlarida kollektiv foydalanish uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqish bo'yicha texnik-iqtisodiy asoslanishini ekspertizadan o’tkazish" (2015). Ushbu loyihaning maqsadi - O'zbekistonning ma'muriy tuzilmalarida “Common Groupware”ni joriy qilish, mavjud vaziyatni tahlil qilish va amalga oshirish rejasini taqdim etish yo'li bilan “Common Groupware” dasturining tegishli modelini ishlab chiqish, ishning samaradorligini oshirish, ayniqsa vazifalarning bajarilishini rag’batlantirish, muloqot va ma'lumot almashish imkoniyatlarini o'rganishdan iborat.

Loyiha №6: " O'zbekiston hududlarini axborotlashtirish bo'yicha bosh rejani ishlab chiqish va Kommunal xizmatlarini ko'rsatish sohasida aqlli texnologiyalarni joriy etish bo'yicha texnik-iqtisodiy asoslanishi ekspertizasini o’tkazish" (2015). Maqsad: O'zbekistonda kommunal xizmatlarini ko’rsatish (suv, elektr energiyasi, gaz va boshqalar) va boshqarish samaradorligini oshirish uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini  qo'llash.

Loyiha №7: "Elektron hukumat bo’yicha salohiyatni mustaxkamlash uchun o’qitishni tashkillashtirish" (2015). Maqsad: elektron hukumat bo’yicha salohiyatni oshirish uchun o’qitishni tashkillashtirish va treninglar o'tkazish.

 

2. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikgi lohiya: "Ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatini yaxshilash uchun elektron hukumatni yoritish" loyihasi.

Ushbu loyiha 2014 yil sentyabr oyidan 2017 yilning dekabrigacha amalga oshirildi va quyidagi natijalarga erishdi:

·         Hukumatning ochigligini va shaffofligini oshirish;

·         Ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari tizimini qulay, moslashuvchan, samarali qilish va boshqaruvni takomillashtirish;

·         davlat organlari onlayn xizmatlarini (Front-Office) takomillashtirish;

·         Elektron hukumatning o'zaro uyg'unligini oshirish va biznes jarayonlarini qayta qurish mexanizmlaridan samarali foydalanish;

·         Elektron hukumatni rivojlantirish markazining salohiyatini oshirish orqali elektron hukumatni institutsional rivojlantirishni kuchaytirish;

·         Birlashgan Millatlar Tashkilotining elektron boshqaruv tizimi reytingida O'zbekistonning darajasini ko’tarish.

3. BMTTDning "Samarali davlat boshqaruvini va raqamli transformatsiyani rivojlantirishga ko'maklashish" loyihasi.

Bu Axborot texnologiyalri va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va BMTTD tomonidan amalga oshirilgan qo'shma loyihadir. Loyihaning umumiy maqsadi davlat boshqaruvi tizimining raqamli transormatsiyada hisobdorligini, shaffofligini va fuqarolarning huquqiy axborotga kirishini ta'minlashda ko’mak berishdan iborat. Loyiha 2017 yil oktyabridan 2020 yil dekabrgacha amalga oshiriladi.

 

4. «Samarali davlat boshqaruvi uchun elektron hukumat» (OTB bilan hamkorlikdagi loyiha).

Ushbu loyihaning maqsadi ish muhitini va investitsion klimatni yaxshilash, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini va shaffofligini oshirish, tadbirkorlik sub'ektlari uchun davlat xizmatlarini taqdim etish bilan bog'liq jarayonlarni takomillashtirish va shu asosda xalqaro reytingda mamlakatni o’rnini oshirishni ta'minlashdan iborat. Loyiha 2015 yilning 31 dekabrdan 2017 yilning 30 iyungachon 18 oy davomida amalga oshirilgan.  

 

Markazning xalqaro hamkorlik bo'yicha imzolangan shartnomalari

1. «Ektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va axborot jamiyati masalalari bo‘yicha Milliy agentligi (NIA) o'rtasidagi o'zaro tushunish memorandumi. Imzolangan sana: 04.21.2014. Memorandum doirasida quyidagi asosiy masalalar bo'yicha davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish jarayonlarini o'rganishning zamonaviy usullari, bilim, tadqiqot, tajriba almashish orqali elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni rejalashtirilmoqda:

  • «e-gov» tizimida idoralararo hamkorlik va ma'lumotlar almashinuvining yagona tizimini yaratish;
  • e-govni samarali amalga oshirish uchun asosiy standartlar va siyosatlarni ishlab chiqish;
  • e-gov loyihalarining samaradorligini baholash.

 

2. 21.04.2014 yildan «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va Koreya davlat boshqaruvi instituti o'rtasidagi o'zaro tushunish memorandumi. Memorandum doirasida: G2C, G2B, G2G kabi yo'nalishlar bo'yicha davlat boshqaruvini modernizatsiya qilish jarayonlarini o'rganishning zamonaviy usullari, bilim, tadqiqot, tajriba almashish orqali elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi hamkorlik aniqlandi.

3. Koreya Respublikasi Axborot texnologiyalari sanoatini rivojlantirish milliy agentligi (NIPA), «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent shahridagi Inha universiteti o'rtasida 2014 yil 14 iyul kuni o'zaro tushunish memorandumi. Memorandumning maqsadi ochiq kodli dasturiy ta'minotni (e-hukumat) ishlatish va kengaytirish hisoblanadi.

4. 13.02.2015 dan «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va BMT "SAP MDH" o'rtasida maqsadlar kelishuvi. Memorandumning maqsadi O'zbekiston Respublikasida kichik va o'rta biznesni rivojlantirishni rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlashdir. Vazirliklar va idoralarning mas'ul vakillari uchun bir necha bor tadbirlar tashkil qilindi. Tadbirlar dasturi SAP mutaxassislari bilan muloqot formatida tashkil etildi.

 

5. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va Milliy axborot agentligi (NIA) o'rtasida 2015 yil 1 dekabr kuni o'zaro tushunish memorandumlari. Memorandum doirasida quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:

 

·      Elektron Hukumatning standart platformasini (keyingi o‘rinlarda - «eGovFrame») birgalikda tadqiq etish va rivojlantirish;

·      Electron hukumat xizmatlarini moslashishga va qayta foydalanishni kuchaytirish maqsadida eGovFrame standartlashtirishni va muvofiqligini ta'minlash bo'yicha hamkorlik;

·      O'quv dasturlarini tashkil etishda hamkorlik qilish;

·      O'zbekistondagi eGovFrame markazini tashkil etishda ko'maklashish;

·      Bulut platformasini targ'ibot qilish va rivojlantirish uchun innovatsion echimlarni faollashtirish.

 

Biroq, 2017 yilgi Memorandum doirasida bir qancha tadbirlar rejalashtirildi, ammo moliyaviy muammolar bilan bog'liq tadbirlar amalga oshmadi.

6. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi, Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti va NIA huzuridagi Global Akademiyasi o'rtasidagi "Elektron hukumat" sohasida inson resurslarini rivojlantirish bo'yicha protocol 02.12.2015. Ushbu hujjatning imzolanishi elektron hukumat sohasida inson resurslarini rivojlantirish bo'yicha hamkorlikni faollashtirish, xususan, o'zbek mutaxassislari uchun ta'lim almashinuv dasturlarini tashkil etish, shu jumladan, «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi xodimlari va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti elektron hukumatni o'qitish markazi hisoblanadi. NIA loyihalari va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) orqali, shuningdek, siyosat va elektron hukumat texnologiyalarini rivojlantirish sohasida tajriba almashish uchun seminarlar, treninglar va tadqiqotlar birgalikda tashkil etish.  "Elektron hukumat" o'quv markazi bilan birgalikda TATU Markaz mutaxassislari uchun elektron hukumat sohasida NIA va KOICA loyihalari orqali ta'lim dasturlarini tashkil etdi.

7. Toshkentdagi Inha universiteti, shuningdek, koreys va o'zbek tadbirkorlari o'rtasida maslahat kengashi tuzish bo'yicha o'zaro tushunish memorandumi. Memorandumdan ko'zlangan maqsad ta'lim sohasida ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va bozorda talabga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlash maqsadida imzolovchilar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun tuzilmalarni yaratishdir.

8. " Оracle corporation " korporatsiyasi bilan O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi o'rtasida hamkorlik memorandumi 2015 yildan. Maqsad: Markaz tomonidan muvofiqlashtirilgan milliy ma'lumotlar bazasi va axborot tizimini o'z ichiga olgan joriy rejalar va elektron hukumat rejalarini muhokama qilish.

9. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va "The Bridgesoft, INC." (Koreya Respublikasi) o'rtasida 2016 yil 16-avgustda elektron hukumat uchun ommaviy foydalanish uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqish bo'yicha hamkorlik (Groupware) to'g'risida o'zaro tushunish memorandumi. Ushbu hujjatning imzolanishi guruh dasturlari sohasida hamkorlik dasturini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishdan iborat.

10. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi «Elektron Hukumat» tizimini rivojlantirish markazi va ABBYY RUSSIA ( "ABI" MChJ)  o'rtasida 2017 yildan boshlab davlat xizmatlarini avtomatlashtirish sohasida loyihalarni qo'llab-quvvatlash sohasida hamkorlik to'g'risida maqsadlar memorandumi . Memorandumning maqsadi O'zbekiston Respublikasida davlat xizmatlarini avtomatlashtirish sohasida tomonlar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashdan iborat. Shuningdek, tajriba va axborot almashish, maslahat berish, uchrashuvlar tashkil etish, ilmiy anjumanlar, seminarlar va simpoziumlarni birgalikda o'tkazish. 

Shuningdek, hozirgi kunga kelib Markaz hamkorlikka oid 10 memorandumni imzoladi, shundan 2014 yilda - 3 ta, 2015 yilda - 4 ta, 2016 yilda - 2 ta, 2017 yilda - 1 ta.

Markazning tashqi hamkorlari ro'yxati

Bo'lim quyidagi xalqaro tashkilotlar va xorijiy tuzilmalar bilan hamkorlik qildi: Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rivojlanish Dasturi (BMTRD), Jahon Banki (JB), Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB), KOICA (Koreya), NIA (Koreya), KIPA (Koreya), KISDI (Koreya), SAP AG (Germaniya), LG CNS (Koreya), Oracle (AQSH), ABBY RUSSIA (Rossiya), Singapore Cooperation Enterprise (Singapur), Simourg (Latviya), Government Digital Service (Buyuk Britaniya), Bridgesoft Inc. (Koreya) va KLID (Koreya). 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech